Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Rossiya bir kechada Ukrainaning 117 ta droni va to‘rtta raketasini yo‘q qildi

Mudofaa vazirligi: Havo hujumidan mudofaa kuchlari Ukraina Qurolli Kuchlarining 117 ta droni va to‘rtta “Tochka-U” raketasini yo‘q qildi.
Sputnik
TOShKENT, 14 avg — Sputnik. Kecha tunda havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlari Ukrainaning to‘rtta taktik raketasini va yuzdan ortiq uchuvchisiz uchish apparatini urib tushirdi, deb xabar berdi Rossiya Mudofaa vazirligi.
“Kiyev rejimi Rossiya Federatsiyasi hududidagi nishonlarga uchuvchisiz uchish apparatlari va “Tochka-U” taktik raketalaridan foydalangan holda terrorchilik hujumi uyushtirishga uringanida, havo hujumidan mudofaa tizimlari tomonidan to‘rtta taktik raketa va 117 ta samolyot tipidagi uchuvchisiz uchish apparati yo‘q qilindi”, — deyiladi xabarda.
Vazirlik aniqlik kiritishicha, 37 ta dron va to‘rtta "Tochka-U" raketasi Kursk viloyatida, Voronej viloyatida ham 37ta, Belgorod viloyatida 17ta, Nijniy Novgorod viloyatida 11ta, Volgograd viloyatida 9ta, Bransk viloyatida 3ta, Orel viloyatida 2ta Rostov viloyatida 1ta dron yo‘q qilingan.
Ukraina qurolli kuchlari doimiy ravishda uchuvchisiz samolyotlar yordamida Rossiyaning chegara va markaziy hududlaridagi nishonlarga hujum qilishga urinmoqda. Havo hujumidan mudofaa tizimlari aksariyat dronlarni yo‘q qilmoqda.