O‘zbekiston va YeOII

YeOII mamlakatlarida tashqi savdo hajmi oshdi

Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi savdo aylanmasi va xizmatlar bo‘yicha ma’lumotlarni e’lon qildi.
Sputnik
TOShKENT, 14 avg— Sputnik. Shu yilning birinchi choragida dunyo mamlakatlari bilan xizmatlar ayirboshlash Belorusdan tashqari, YeOIIga a’zo barcha davlatlarda o‘sdi. Bu haqda YeIK matbuot xizmati xabar berdi.
“2024 yilning birinchi choragida butun dunyo mamlakatlari bilan xizmatlar ayirboshlash Belorussiyadan tashqari, YeOIIga a’zo barcha davlatlarda o‘sdi”, — deyilgan xabarda.
Armaniston va Qirg‘izistonda tovar va xizmatlar aylanmasi integratsiya boshlanganidan buyon o‘xshash davrlar uchun eng yuqori ko‘rsatkichga, mos ravishda 11 milliard va 5 milliard dollarga yetdi.
O‘tgan yilning mos davriga nisbatan Armanistonda xizmatlar savdosining ijobiy saldosi 19,1 foizga, Belarusda 6,6 foizga kamaydi. Qozog‘istonda xizmatlar savdosining salbiy saldosi 54,4 foizga, Rossiyada 4,8 foizga kamaydi. Qirg‘izistonda salbiy saldo 6 barobarga oshgan.