TOShKENT, 13 avg — Sputnik. O‘zbekistondan Parijdagi Paralimpiya o‘yinlariga 65 nafar sportchi boradi. Bu haqda Sport vazirligida o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi, deya xabar berdi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
O‘zbekistonlik para-sportchilar sportning to‘qqiz turi bo‘yicha musobaqalarda ishtirok etadi: paralimpiya atletikasi, para-taekvondo, para-otish, para-suzish, parakanoe, eshkak eshish, para-dzudo, para-pauerlifting va para-velosport.
65 parasportsmenov otpravatsya na Olimpiyskie igri v Parije
© Sputnik/Zafar Xalilov
Paraatletchilar jami 113 ta litsenziyani qo‘lga kiritishdi - bu O‘zbekistonning Paralimpiya o‘yinlaridagi ishtiroki tarixidagi rekord ko‘rsatkichdir.
65 parasportsmenov otpravatsya na Olimpiyskie igri v Parije
© Sputnik/Zafar Xalilov
Fransiya poytaxtidagi o‘yinlarda O‘zbekiston delegatsiyasi para velosport bo‘yicha debut qiladi. XVII yozgi Paralimpiya o‘yinlarida ikki nafar sportchi velosportning sakkiz yo‘nalishi bo‘yicha g‘oliblik uchun kurash olib boradi.
Parijdagi Paralimpiya o‘yinlarining rasmiy ochilish marosimi 28-avgust kuni bo‘lib o‘tadi.