O‘zbekiston yerong‘oq eksporti hajmini oshirdi

Yerong‘oq eksporti hajmi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 50,7 % ga oshgan.
Sputnik
TOShKENT, 13 avg — Sputnik. O‘zbekistonda yerong‘oq eksporti hajmi 50,7 foizga oshgan, deya xabar berdi Statistika agentligi.
Shu yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekiston xorijga qiymati 6 mln dollarga teng bo‘lgan 4,6 ming tonna yerong‘oq eksport qilgan.
“Yerong‘oq eksporti hajmi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 50,7% ga oshgan”, — deyiladi xabarda.
O‘zbekiston 2024-yilning yanvar-iyun oylarida eng ko‘p yerong‘oq eksport qilgan davlatlar:
Ozarbayjon – 0,9 ming tonna;
Qozog‘iston – 0,6 ming tonna;
Rossiya – 0,6 ming tonna;
Xitoy – 0,3 ming tonna;
Qirg‘iziston – 0,5 ming tonna;
Pokiston – 0,4 ming tonna;
boshqa davlatlar – 1,3 ming tonna.
O‘zbekistonning qaysi hududi ko‘proq kartoshka yetishtirdi?