TOShKENT, 13 avg — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Falastin respublikasi preziyednti Maxmud Abbos bilan uchrashdi.
Uchrashuvda Rossiya prezidenti Falastinni qo‘llab-quvvatlash uchun har bir imkoniyatdan foydalanayotganini aytib o‘tdi.
“Biz Falastinda yuz bergan gumanitar falokatni katta qayg‘u va xavotir bilan kuzatmoqdamiz. O‘z navbatida, biz Falastin xalqini qo‘llab-quvvatlash uchun har qanday imkoniyatdan foydalanmoqdamiz. Bilasiz, 700 tonnaga yaqin turli insonparvarlik yuklari jo‘natdik”, — dedi Putin.
Falastin rahbari Mahmud Abbos Rossiyani eng aziz do‘sti deb bilishini ma’lum qildi.
“Janob Prezident, siz bilan muloqot qilish va maslahatlashish men uchun doim katta baxt, biz sizga ishonamiz. Rossiya Falastin xalqining eng aziz do‘stlaridan biri ekanini his qilmoqdamiz va siz uchrashuv boshida aytganingizdek, Falastin xalqi o‘z davlatiga ega bo‘lishiga umid qilamiz”, — dedi Abbos.
Shuningdek, Falastin ma’muriyati Isroilning falastinliklarni G‘azo sektoridan, Iordaniya darosining G‘arbiy sohildan va Quddusdan majburan ko‘chirish siyosatining davom etishini qabul qilmasligini ta’kidlab shtdi. Isroil tomonidan ushbu strategiya 1948-yilda yoki 1967-yilda va so‘nggi yillarda bir necha bor amalga oshirildi, dedi Abbos.
Falastin prezidentning moskvaga tashrifi 14-avgustga qadar davom etadi. Mahmud Abbos Rossiya poytaxtida arab davlatlari elchilari bilan uchrashishni ham rejalashtirgan.
Falastin prezidentning moskvaga tashrifi 14-avgustga qadar davom etadi. Mahmud Abbos Rossiya poytaxtida arab davlatlari elchilari bilan uchrashishni ham rejalashtirgan.