Olimpiya o‘yinlari g‘oliblariga prezident sovg‘alari topshirildi — foto, video

Olimpiya o‘yinlari g‘olib va sovrindorlariga pul mukofotlari, uy va avtomobillar tantanali ravishda topshirildi.
Sputnik
TOShKENT, 13 avg — Sputnik. Parijda o‘tkazilgan XXXIII yozgi Olimpiya o‘yinlarida tarixiy natija qayd etgan o‘zbekistonlik sportchilarga prezident sovg‘alari topshirildi, deya xabar berdi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Qahramonlar Toshkent xalqaro aeroportida tantanali ravishda kutib olindi. Tadbirning ikkinchi qismida Olimpiya o‘yinlari g‘olib va sovrindorlariga pul mukofotlari, uy va avtomobillar tantanali ravishda topshirildi.
Oltin medal sohiblariga: 200 ming dollar, "Tahoe" avtomobili va 2 qavatli kottedj.
Kumush medal sohiblariga: 100 ming dollar, "BYD Song Plus EV Champion" avtomobili va kvartira.
Bronza medal sohiblariga: 50 ming dollar, "BYD Song Plus DM-i Champion" avtomobili va kvartira.
1 / 11
2 / 11
3 / 11
4 / 11
5 / 11
6 / 11
7 / 11
8 / 11
9 / 11
10 / 11
11 / 11
Olimpiya o‘yinlarida 90 nafardan ortiq o‘zbekistonlik sportchi ishtirok etdi. O‘zbekiston sportchilari 16 kun davomida 13 ta medal qo‘lga kiritib, 206 davlat orasida umumjamoa hisobida 13-o‘rinni egalladi.
Parij-2024: O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarini o‘z tarixidagi eng zo‘r natija bilan tugatdi