TOShKENT, 12 avg — Sputnik. Yanvar–iyun oylarida kartoshka yetishtirish bo‘yicha Samarqand viloyati yetakchilik qildi, deya xabar berdi Statistika agentligi.
Shu yilning yanvar–iyun oylarida respublika bo‘yicha barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 1 704 ming tonna kartoshka yetishtirilgan.
Ushbu ko‘rsatkich 2023-yilning mos davriga nisbatan 2% ga o‘sgan.
“Kartoshka yetishtirish umumiy hajmining eng yuqori ulushi Samarqand viloyati (18,6 %) hissasiga to‘g‘ri kelgan”, — deyiladi xabarda.
Shuningdek, Surxondaryo (13,3 %), Farg‘ona (12 %) va Andijon (11 %) viloyatlarida ham kartoshka yetishtirishning yuqori ko‘rsatkichlari qayd etilgan.