TOShKENT, 12 avg — Sputnik. AQSh mudofaa vaziri Lloyd Ostin Yaqin Sharqqa "USS Georgia" atom suv osti kemasini yuborish hamda mintaqaga "Abraham Lincoln" aviatashuvchi kemasini joylashtirishni tezlashtirishni buyurdi. Bu haqda RIA Novosti Pentagon matbuot xizmati ma’lum qildi.
“Mudofaa vaziri Ostin boshqariladigan raketalar bilan jihozlangan "USS Georgia" suv osti kemasini AQSh Markaziy qo‘mondonligi mas’uliyati bo‘lgan hududga joylashtirishni buyurdi”, — deyiladi departamentda.
Bundan tashqari, Ostin mintaqaga F-35C qiruvchi samolyotlari bilan "Abraham Lincoln" aviatashuvchi kemasini tezlashtirilgan tarzda joylashtirishni buyurganligi xabar qilingan.
Shu bilan birga, Pentagonning aniqlik kiritishicha, "USS Theodore Roosevelt" aviatashuvchi guruhi allaqachon mintaqada. Telefon muloqoti chog‘ida tomonlar G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatishga erishish va Isroilni himoya qilish choralarini muhokama qildi. Xususan, Ostin AQShning Yaqin Sharqdagi ittifoqchisini himoya qilish uchun barcha zarur choralarni ko‘rishga tayyorligini ta’kidladi.