Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Ukraina Kursk viloyatida rekord darajada yo‘qotishlarga duch keldi — Alautdinov

Rossiya maxsus kuchlari bir sutkada Ukrainaning 30dan ortiq jangovar transport vositalari va ko‘p sonli askarlarini yo‘q qildi.
Sputnik
TOShKENT, 12 avg – Sputnik. Oxirgi 24 soat ichida Ukraina Qurolli kuchlari Kursk viloyatining Martinovka qishlog‘i hududida o‘ttizdan ortiq texnika va juda ko‘p askarini yo‘qotdi, dedi Rossiya Mudofaa vazirligi bosh harbiy-siyosiy boshqarmasi boshlig‘i, "Axmat" maxsus kuchlari qo‘mondoni o‘rinbosari, general-mayor Apti Alaudinov. RIA Novosti xabariga asosan.

"So‘nggi 24 soat ichida Martinovka va Sudja yo‘nalishida "Axmat" maxsus kuchlari jangchilari 2-maxsus kuchlar brigadasi va Rossiya Mudofaa vazirligining maxsus bo‘linmalari askarlari bilan birgalikda UQKning bitta tanki, 7 ta zirhli transport vositasi, 13 ta zirhli jangovar mashinasi (turli markadagi), bitta yuk mashinasi, bitta mikroavtobus, to‘qqizta pikap, D-30 minomoti va "Plastun" radiokurash stansiyasi va juda ko‘p sonli fashistlarni yo‘q qildi", – deya ma’lum qildi Alautdinov.

Harbiy qo‘mondonning aytishiga ko‘ra, Ukraina maxsus harbiy operatsiya boshlanganidan buyon bir sutkada bunchalik ko‘p yo‘qotishlarga uchramagan edi.
Eslatib o‘tamiz, 6-avgust kuni ertalab Ukraina qurolli kuchlari Kursk viloyatining Sudja tumani hududining bir qismini egallab olishga urindi. Rossiya harbiylari ularning yurishini to‘xtatdi. Vladimir Putin, o‘z navbatida, Kiyev rejimi navbatdagi keng ko‘lamli provokatsiyaga qo‘l urgani va UQK jumladan tinch aholi manzillarini ham o‘qqa tutayotganini ta’kidladi.
Kurskda ham federal favqulodda holat, hamda Belgorod va Bransk viloyatlarida aksilterror operatsiyasi rejimi joriy etildi.