"Endi Kiyev rejimi nega bizning (mojaroni) tinch yo‘l bilan hal qilish rejasiga qaytish bo‘yicha takliflarimizni, shuningdek manfaatdor va neytral vositachilarning takliflarini rad etgani aniq bo‘ldi. Aftidan, dushman o‘zining g‘arblik xo‘jayinlari yordamida ularning irodasini amalga oshirmoqda”, — dedi Putin.
"Ko‘rinishidan, dushman kelajakda o‘zining muzokara pozitsiyasini yaxshilashga intilmoqda, ammo tinch aholiga, fuqarolik infratuzilmasiga beparvo zarba beradigan yoki atom energetikasi obyektlariga tahdid soladigan odamlar bilan qanday muzokaralar haqida gaplashishimiz mumkin? Ular bilan nima haqida gaplasha olasiz?", — dedi u.
"Jangovar aloqa chizig‘ida nima sodir bo‘lmoqda, natijalar qanday? Rossiya Qurolli kuchlari, ko‘ngillilar va faxriylarning hujum harakatlarining sur’ati nafaqat pasaymadi, balki aksincha, bir yarim baravar oshdi. Qurolli kuchlarimiz butun jang chizig‘i bo‘ylab oldinga siljimoqda", — deya qayd etdi Putin.