Parij-2024: O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarini o‘z tarixidagi eng zo‘r natija bilan tugatdi

Parij-2024 XXXIII yozgi Olimpiya o‘yinlari o‘z yakuniga yetdi.
Sputnik
TOShKENT, 12 avg — Sputnik. O‘zbekiston delegatsiyasi Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlarini o‘z tarixidagi eng zo‘r natija bilan tugatdi, deya xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi.
Parij-2024 XXXIII yozgi Olimpiya o‘yinlari o‘z yakuniga yetdi. Dunyoning 206 ta mamlakatidan tashrif buyurgan eng kuchli atletlar ishtirokidagi o‘yinlarda O‘zbekiston delegatsiyasi o‘z tarixidagi eng yaxshi natijani qayd etishga muvaffaq bo‘ldi.
1 / 7
2 / 7
3 / 7
4 / 7
5 / 7
6 / 7
7 / 7
“Muzaffar atletlarimiz murosasiz bellashuvlar davomida 8 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza, jami 13 ta medal qo‘lga kiritib, Yangi O‘zbekiston qahramonlariga aylanishdi”, — deyiladi xabarda.
Oltin medal:
1.
Diyora Keldiyorova (dzudo, -52 kg)
2.
Ulug‘bek Rashitov (taekvondo WT, -68 kg)
3.
Razambek Jamalov (erkin kurash, -74 kg)
4.
Hasanboy Do‘smatov (boks, -51 kg)
5.
Abdumalik Xalokov (boks, -57 kg)
6.
Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev (boks, -71 kg)
7.
Lazizbek Mullojonov (boks, -92 kg)
8.
Bahodir Jalolov (boks, +92 kg)
Kumush medal:
1.
Akbar Jo‘rayev (og‘ir atletika, -102 kg)
2.
Svetlana Osipova (taekvondo WT, +67 kg)
Bronza medal:
1.
Muzaffarbek To‘raboyev (dzudo, -100 kg)
2.
Alisher Yusupov (dzudo, +100 kg)
3.
G‘ulomjon Abdullayev (erkin kurash, -57 kg)

“Bu natija bilan delegatsiyamiz umumjamoa hisobida 206 ta mamlakat orasida 13-o‘rinni egalladi. Osiyoda to‘rtinchi, shuningdek, MDH, Markaziy Osiyo mintaqasi, Islom birdamligi va Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo mamlakatlar orasida eng yaxshi ko‘rsatkichga ega bo‘ldi”, — deya qayd etilgan xabarda.

“Stad de Frans” stadionida Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlarining tantanali yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbirda delegatsiya bayroqdori vazifasini taekvondo WT bo‘yicha ikki karra Olimpiya o‘yinlari chempioni Ulug‘bek Rashitov bajardi.
Ma’lumot uchun, keyingi yozgi Olimpiya o‘yinlari 2028-yilda Los-Anjelesda o‘tkazilishi rejalashtirilgan.