O‘zbekiston va YeOII

YeOIIda sanoat ishlab chiqarishi qanchaga oshdi?

Integratsiya birlashmasining barcha mamlakatlarida sanoat ishlab chiqarish hajmi oshdi.
Sputnik
TOShKENT, 12 avg — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqida (YeOII) 2024-yilning birinchi yarmida sanoat ishlab chiqarishi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 4,4 foizga o‘sdi, deb xabar berdi Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) matbuot xizmati.
“Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqida 2024-yilning yanvar-iyun oylarida sanoat ishlab chiqarish 2023-yilning mos davriga nisbatan 4,4 foizga oshdi”, — deyiladi hisobotda.
YeOII barcha mamlakatlarida sanoat ishlab chiqarish hajmi oshdi:
Armanistonda – 18,2 foizga;
Belarusda - 7,1% foizga;
Rossiyada - 4,4% foizga;
Qozog‘istonda – 2,8 foizga;
Qirg‘izistonda - 1% foizga.
Umuman YeOIIda ishlab chiqarish sanoatida ishlab chiqarish hajmi 7,9 foizga, elektr ta’minoti, gaz, bug‘ va havoni konditsionerlash 4,2 foizga, suv ta’minoti, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni yig‘ish va taqsimlashni nazorat qilish 4,4 foizga oshdi. Shu bilan birga, tog‘-kon sanoati va karyerni qazib olishda u 0,2 foizga kamaydi.
YeOIIda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish oshdi — infografika