TOShKENT, 11 avg — Sputnik. Vladimir Zelenskiy Kursk viloyatiga hujum bilan Kiyevni yaqin oradagi mag‘lubiyatdan qutqarishga astoydil harakat qilmoqda. Bu haqda RIA Novosti Times gazetasi jurnalisti Maykl Klarkka tayanib xabar berdi.
“Kiyev, shubhasiz, qandaydir qarshilik ko‘rsatish uchun qimmatbaho askarlari va texnikasini qurbon qilishga tayyor. Zelenskiyning tanqidchilari bu askarlarning shunchaki behuda ketgan hayoti va keraksiz vayron qilingan jihozlar, janubda, Donbassda ancha foydaliroq bo‘lardi, deyishadi”, — deyiladi materialda.
Kiyev rejimi rahbari uslubidagi bu strategik harbiy qaror takabburlik va tavakkaldir, dedi Maykl Klark. Biroq, jurnalist ta’kidlaganidek, yakunda bo‘lajak janglarning natijasi Ukraina Qurolli kuchlari foydasiga hal bo‘lmaydi.
Ukraina bo‘linmalarining Kursk viloyatidagi hujumi jangovar harakatlar kursini o‘zgartirmaydi, deya xulosa qildi Klark.