TOShKENT, 11 avg — Sputnik. Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi hisobidagi medallar soni 8 ta oltinni tashkil etdi, deya xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi.
O‘zbekiston delegatsiyasi hisobida oltinchi oltin medalga erkin kurashchi Razambek Jamalov mualliflik qildi. -74 kg vazn toifasida ishtirok etgan polvon chempionlik bahsida yaponiyalik Daichi Takatanini mag‘lubiyatga uchratishga muvaffaq bo‘ldi.
Bores volnogo stilya Razambek Djamalov zavoyeval zoloto na Olimpiade v Parije.
© NOK Uzbekistana
Abdumalik Xalokov O‘zbekiston delegatsiyasiga yettinchi oltin medalni taqdim etdi.
Bokser Abdumalik Xalokov zavoyeval zoloto Olimpiyskix igr.
© NOK Uzbekistana
Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi, jahon chempioni Abdumalik Xalokov sovrinlari orasiga yozgi Olimpiya o‘yinlarining oltin medalini ham qo‘shib qo‘ymoqda. Buxorolik sportchi chempionlik jangida Qirg‘iziston vakili Munarbek Seitbek o‘g‘lini yaqqol ustunlik bilan mag‘lub etib, shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi.
Boxodir Jalolov zavoyeval zoloto Olimpiyskix igr.
© NOK Uzbekistana
Mahoratli bokschi Bahodir Jalolov Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlari doirasida final janglariga ajoyib nuqta qo‘ydi. Eng og‘ir vazn toifasida ishtirok etgan Jalolov chempionlik jangida ispaniyalik Ayub G‘adfani o‘zining kuchli va aniq zarbalari oldida ojiz qoldirdi.
Svetlana Osipova zavoyevala serebro Olimpiyskix igr.
© NOK Uzbekistana
Taekvondo WT bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Svetlana Osipova ushbu sport turida Olimpiya o‘yinlarida medal qo‘lga kiritgan birinchi ayol sportchimizga aylandi. U shiddatli va murosasiz ruhda o‘tgan final bahsida mezbonlar vakili, sobiq jahon chempioni va Tokio-2020 yozgi Olimpiya o‘yinlarining bronza medali sohibi Alteya Lorenga imkoniyatni boy berib, kumush medal bilan taqdirlandi.
"Ushbu natijadan keyin terma jamoa hisobidagi medallar 8 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronzani tashkil etmoqda", — deyiladi xabarda.
Uzbekskie bolelshiki na Olimpiyskix igrax v Parije.
© NOK Uzbekistana
Parij Olimpiadasida boks bo‘yicha musobaqalar finalida g‘alaba qozonib, oltin medalni qo‘lga kiritgan Bahodir Jalolov muxlislari O‘zbekiston bayrog‘i bilan birgalikda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston bayroqlarini ham ko‘tarib turishdi.