TOShKENT, 11 avg — Sputnik. Og‘ir atletikachi Tursunoy Jabborova delegatsiyaning Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlaridagi ishtirokiga yakun yasab berdi, deb yozmoqda Milliy olimpiya qo‘mitasi.
Og‘ir atletikachi Tursunoy Jabborovaning chiqishi bilan O‘zbekiston delegatsiyasining Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlaridagi ishtiroki yakuniga yetdi.
"+81 kg vazn toifasida qatnashgan yurtdoshimiz dast ko‘tarishda 118, siltab ko‘tarishda 133, ikki kurash bo‘yicha esa 251 kg natija bilan musobaqani 10-o‘rinda tugatdi", —deyiladi xabarda.
Shu tariqa, O‘zbekiston delegatsiyasi mazkur yozgi Olimpiya o‘yinlarini o‘z tarixida ilk bor 8 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza medallari bilan yakunlaydigan bo‘ldi.