TOShKENT, 11 avg — Sputnik. Qirg‘izistonning "TezJet" aviakompaniyasi Bishkekdan Toshkentga parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda, deya xabar berdi "Uzbekistan airports".
Birinchi parvoz shu yilning 3-sentabrga belgilangan.
“Bishkek — Toshkent — Bishkek yo‘nalishi bo‘yicha havo qatnovlari haftasiga to‘rt marta — seshanba, chorshanba, juma va shanba kunlari "McDonnell Douglas MD-80" (M83) samolyotlarida amalga oshirilishi rejalashtirilgan”, — deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, "TezJet" 2013-yilda tashkil etilgan Qirg‘iziston aviakompaniyasi bo‘lib, “Manas” aeroportida (Bishkek) joylashgan va Qirg‘iziston shaharlariga parvozlarni amalga oshiradi.