TOShKENT, 11 avg — Sputnik. Ukrainaning Rossiyaning Kursk viloyatiga qilgan hujumi muvaffaqiyatsizlikka aylanmoqda va jang maydonidagi vaziyatni o‘zgartirishga imkon bermaydi. Bu haqda britaniyalik tahlilchi Aleksandr Merkuris ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
"Men Kurskdagi muvaffaqiyatsiz qarshi hujum ukrainaliklarga tashabbusni qaytarishga qanday imkon berishini umuman ko‘rmayapman, aksincha <...> barcha ma’lumotlar ruslar butun front chizig‘i bo‘ylab oldinga siljishda davom etishini ko‘rsatmoqda", — dedi u.
Ekspertning so‘zlariga ko‘ra, barcha belgilar Ukraina Qurolli kuchlari operatsiyasi muvaffaqiyatsizlikka uchray boshlaganidan dalolat beradi. U bu tez orada barbod bo‘lishi mumkinligini istisno qilmaydi, jumladan, Kiyev rejimining aniq maqsadi ham yo‘qligi sababli.
"U (Ukraina - Tahrir) shuningdek, Rossiya shaharlariga, shu jumladan, Moskvaga ham dron hujumlarini amalga oshirmoqda, aytmoqchi, bu aslida bir muncha vaqt to‘xtagan", — deya xulosa qildi Merkuris.