Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Ukrainaning Kursk viloyatidagi yo‘qotishlari ma’lum qilindi

Qayd etilishicha, Ukraina Qurolli kuchlari tuzilmalarini yo‘q qilish operatsiyasi davom etmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 10 avg — Sputnik. Kursk yo‘nalishidagi janglarda Ukraina Qurolli kuchlari 1120 nafargacha harbiy xizmatchi va 140 ta zirhli texnika yo‘qotdi, deb xabar qildi Rossiya Mudofaa vazirligi.
Vazirlikning xabar berishicha, Rossiya Qurolli kuchlari Ukraina Qurolli kuchlarining Rossiya hududiga bostirib kirishga urinishini qaytarishda davom etmoqda.
“Kursk yo‘nalishidagi janglarda umumiy hisobda dushman 1120 tagacha harbiy xizmatchi va 140 ta zirhli texnikani, shu jumladan 22 ta tank, 20 ta zirhli transport vositalari, 8 ta piyoda jangovar texnikasi, 88 ta zirhli jangovar texnikasi, shuningdek, 13 ta avtomobilni yo‘qotdi”, - deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, Ukraina Qurolli kuchlari tuzilmalarini yo‘q qilish operatsiyasi davom etmoqda.
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Ukraina QK Kursk viloyatida katta yo‘qotishlarga uchramoqda