Prezident Ulug‘bek Rashitov va Hasanboy Do‘smatov bilan telefon orqali muloqot qildi

Ulug‘bek Rashitov va Hasanboy Do‘smatov g‘alabalarini Yangi O‘zbekistonga bag‘ishlashlarini aytdilar.
Sputnik
TOShKENT, 10 avg — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Parij Olimpiadasida oltin medallarni qo‘lga kiritgan hamda ikki karra olimpiya chempioniga aylangan taekvondochi Ulug‘bek Rashitov va bokschi Hasanboy Do‘smatov bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Davlat rahbari sportchilarni qizg‘in tabriklab, terma jamoa tomonidan bir kun ichida Olimpiadaning ikkita oltin medali qo‘lga kiritilgani O‘zbekiston sporti uchun tarixiy voqea bo‘lganini katta mamnuniyat bilan qayd etdi. Yigitlarning dadil va ishonchli chiqishlari, yuksak mahorati va mardligi chinakam qahramonlik namunasi bo‘lgani, Yangi O‘zbekistonning yoshlari nimalarga qodir ekanini ko‘rsatgani ta’kidlandi.
Shavkat Mirziyoyev pozdravil Rashitova i Dusmatova s pobedoy na Olimpiade
Prezident sportchilarning murabbiylari, ota-onasi va yaqinlariga minnatdorlik bildirdi.
Ulug‘bek Rashitov va Hasanboy Do‘smatov alohida e’tibor va yuksak ishonch, sportchilarga barcha sharoitlar yaratilgani uchun davlat rahbariga tashakkur izhor etib, g‘alabalarini Yangi O‘zbekistonga bag‘ishlashlarini aytdilar.
Olimpiya o‘yinlari: Rashitov va Do‘smatov oltin medal qo‘lga kiritdi