Olimpiya o‘yinlari: Mo‘ydinxo‘jayev va Mullojonovda oltin, Abdullayevda bronza

O‘zbekiston delegatsiyasi 5 ta oltin va 3 ta bronza medallari bilan o‘z tarixidagi eng yaxshi natijani yangilab ulgurdi.
Sputnik
TOShKENT, 10 avg — Sputnik. Yozgi Olimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi hisobiga yana 3 ta medal yozildi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
Erkin kurashchi G‘ulomjon Abdullayev (-57 kg) bronza medali uchun bahsda qirg‘izistonlik Bekzat Almaz o‘g‘lidan ustun keldi va uchinchi o‘rinni egalladi.
Gulomjon Abdullayev - prizor letnix Olimpiyskix igr Parij-2024
Gulomjon Abdullayev - prizor letnix Olimpiyskix igr Parij-2024
Bokschi Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev O‘zbekiston delegatsiyasiga to‘rtinchi oltin medalni taqdim qildi. Mo‘ydinxo‘jayev -71 kg vazn toifasida Olimpiya o‘yinlari chempionligini qo‘lga kiritdi. Murosasiz ruhda o‘tgan final jangida u meksikalik Marko Alvaresni mag‘lubiyatga uchratdi.
Asadxudja Muydinxudjayev zavoyeval 4 zolotuyu medal delegatsii Uzbekistana
Asadxudja Muydinxudjayev zavoyeval 4 zolotuyu medal delegatsii Uzbekistana
Farg‘ona boksining yana bir yorqin vakili Lazizbek Mullojonov ham O‘zbekiston delegatsiyasiga oltin medalni taqdim qildi. -92 kg vazn toifasida ishtirok etgan Mullojonov chempionlik bahsida ozarbayjonlik Loren Alfonso Domingesni mag‘lub etib, oltin medalga sazovor bo‘ldi.
Lazizbek Mullojonov - chempion letnix Olimpiyskix igr Parij-2024
Lazizbek Mullojonov - chempion letnix Olimpiyskix igr Parij-2024
Shu tariqa, O‘zbekiston delegatsiyasi yozgi Olimpiya o‘yinlarida medallar sifati bo‘yicha o‘z tarixidagi eng yaxshi natijasini yangiladi. Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlari yakuniga yetmagan bo‘lsada, O‘zbekiston delegatsiyasi 5 ta oltin va 3 ta bronza medallari bilan o‘z tarixidagi eng yaxshi natijani yangilab ulgurdi.
O‘zbekiston atletlari bugun 7 ta sport turida ishtirok etadi.
Parij-2024: bokseri iz Uzbekistana zavoyevali zoloto Olimpiadi
Olimpiya o‘yinlari: Rashitov va Do‘smatov oltin medal qo‘lga kiritdi