Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining faxriy nishoni bilan taqdirlandi

Mirziyoyev Markaziy Osiyo yetakchilariga minnatdorlik bildirdi.
Sputnik
TOShKENT, 9 avg — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga mintaqa davlatlari o‘rtasidagi do‘stlik, qo‘shnichilik va o‘zaro anglashuvni rivojlantirishdagi alohida xizmatlari uchun Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Faxriy nishonini tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Prezident Uzbekistana stal kavalerom Pochetnogo znaka glav gosudarstv Sentralnoy Azii
Mirziyoyev Markaziy Osiyo yetakchilariga minnatdorlik bildirib, ushbu yuksak mukofot mamlakatlarning mintaqaviy hamkorlik va strategik sheriklikni mustahkamlashdagi umumiy yutuqlarining e’tirofi ekanini ta’kidladi.
“Siyosiy iroda va birgalikdagi sa’y-harakatlarimiz tufayli bugun Markaziy Osiyo qo‘shnichilik, o‘zaro manfaatli hamkorlik va barqaror taraqqiyot makoniga aylanmoqda”, - dedi Shavkat Mirziyoyev o‘z nutqida.
Prezident Uzbekistana stal kavalerom Pochetnogo znaka glav gosudarstv Sentralnoy Azii
Davlat rahbari muhim tashabbus va qarorlarning tizimli ravishda amalga oshirilishi natijasida mintaqa mamlakatlarining yaqinlashuv jarayoni barqaror, izchil va ortga qaytmas tus olganini alohida ta’kidladi.
Prezident Uzbekistana stal kavalerom Pochetnogo znaka glav gosudarstv Sentralnoy Azii
Yakunda Shavkat Mirziyoyev yetakchilarga yuksak mukofot uchun yana bir bor minnatdorlik bildirib, Markaziy Osiyoni tinch va farovon hududga aylantirish O‘zbekiston tashqi siyosatining ustuvor maqsadi bo‘lib qolishini ta’kidladi.
Mirziyoyev Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining uchrashuvida qanday takliflar berdi?