TOShKENT, 9 avg — Sputnik. Ulug‘bek Rashitov va Hasanboy Do‘smatov Olimpiya o‘yinlarida oltin medal qo‘lga kiritdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
Ulug‘bek Rashitov Olimpiya o‘yinlarining ikki karra g‘olibligiga erishgan birinchi o‘zbek taekvondochisi sifatida o‘z nomini muhrlab qo‘ydi. -68 kg vazn toifasida ishtirok etgan Rashitov finalda iordaniyalik Zaid Karimni 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, oltin medalga sazovor bo‘ldi.
Ulugbek Rashitov - perviy uzbekskiy taekvondist, zavoyevavshiy titul dvukratnogo Olimpiyskogo chempiona
© NOK
Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Hasanboy Do‘smatov (-51 kg) ham ikki karra Olimpiya o‘yinlari chempioni sharafiga muyassar bo‘lgan ilk o‘zbek bokschisiga aylandi. Do‘smatov chempionlik jangida mezbon bokschi Bilal Bennamani mag‘lub etib, oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Xasanboy Dusmatov - dvukratniy Olimpiyskiy chempion
© NOK
Shu tariqa, O‘zbekiston delegatsiyasi hisobidagi medallar hozircha 3 ta oltin va 2 ta bronzani tashkil etmoqda.
Shuningdek, boks bo‘yicha o‘smirlar Olimpiadasi g‘olibi, jahon chempioni Abdumalik Xalokov Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlarining finaliga yo‘llanma oldi. -57 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan bokschi yarim finalda avstraliyalik Charli Seniorni mag‘lubiyatga uchratib, 10-avgust kuni chempionlik uchun ringga ko‘tariladigan bo‘ldi.
Abdumalik Xalokov vishel v final
© NOK
Bugun ham O‘zbekiston delegatsiyasi uchun ahamiyatli kunlardan biri. Bugungi bahslardan keyin O‘zbekiston delegatsiyasi umumjamoa hisobida sezilarli darajada yuqorilash imkoniyatiga ega. Shuningdek, o‘zbekistonlik sportchilar yana bir sport turi - suvga sakrash bo‘yicha Olimpiya o‘yinlarida debut qilishadi.
Segodnya odin iz znamenatelnix dney dlya delegatsii Uzbekistana
© NOK