AQSh Rossiya va Xitoyning hurmatini yo‘qotdi — Tramp

Trampning qo‘shimcha qilishicha, dunyo uchinchi jahon urushi yoqasida turibdi.
Sputnik
TOShKENT, 9 avg — Sputnik. Amerika xavf ostida, chunki u endi Rossiya va Xitoy tomonidan hurmat qilinmaydi, dedi Respublikachilar partiyasidan AQSh prezidentligiga nomzod Donald Tramp matbuot anjumanida.
“Mamlakatimiz hech qachon bunday xavf ostida bo‘lmagan - ham iqtisodiy, ham tashqi nuqtayi nazardan: Rossiya bizni hurmat qilmaydi, Xitoy endi bizni hurmat qilmaydi”, - dedi siyosatchi.
Uning qo‘shimcha qilishicha, dunyo uchinchi jahon urushi yoqasida turibdi.
Bundan tashqari, Tramp Amerika fond bozorlaridagi pasayish ancha kuchliroq bo‘lishini bashorat qilishini, oxirgi pasayish “faqat boshlanishi” ekanligini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, “endi ancha yomonroq bo‘ladi”, chunki Amerika iqtisodiyoti hozir “juda-juda zaif”.
AQShda prezidentlik saylovlari 5-noyabrga belgilangan. Respublikachilar partiyasi Trampning nomzodini davlat rahbari lavozimiga rasman ilgari surgan.
Tramp Rossiya va Xitoy bilan ish olib borishga qodir ekanligini isbotladi — Mask