Parij-2024: Bahodir Jalolov finalga yo‘llanma oldi

Jalolov germaniyalik Nelvi Tiafakni mag‘lub etdi.
Sputnik
TOShKENT, 8 avg — Sputnik. Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlarida o‘zbekistonlik bokschi Bahodir Jalolov final yo‘llanmasiga sazovor bo‘ldi, deya xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi.
Boks bo‘yicha Tokio-2020 yozgi Olimpiya o‘yinlari chempioni Bahodir Jalolov ikkinchi bor Olimpiada finalchilari qatoridan joy olmoqda.
Bahodir Jalolov ketma-ket ikkinchi bor Olimpiada finalida.
Eng og‘ir vazn toifasida ishtirok etayotgan bokschi 7-avgust kuni bo‘lib o‘tgan jangda germaniyalik Nelvi Tiafakni mag‘lub etib, final yo‘llanmasiga sazovor bo‘ldi.
Bahodir Jalolov ketma-ket ikkinchi bor Olimpiada finalida.
“Bahodir Jalolov yarim final bahsini yaqqol ustunlik bilan o‘tkazdi. Germaniyalik bokschi uchun mazkur jang chinakam tajriba vazifasini o‘tab berdi”, — deyiladi xabarda.
Bahodir Jalolov ketma-ket ikkinchi bor Olimpiada finalida.
Endi Jalolov ikki karra Olimpiada chempionligi uchun 10-avgust kuni Jamili-Dini Moindze (Fransiya) hamda Ayub G‘adfa (Ispaniya) o‘rtasidagi bahs g‘olibiga qarshi ringga ko‘tariladi.
Bahodir Jalolov ketma-ket ikkinchi bor Olimpiada finalida.
Eslatib o‘tamiz, dastlabki saralashda norvegiyalik Omar Shixa bilan jang qilgan Jalolov ishonchli g‘alaba bilan chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan edi.