O‘zbekiston va YeOII

YeOIIda go‘sht ishlab chiqarish ko‘paydi

Ittifoqqa a’zo barcha davlatlarda so‘yish uchun chorva mollari va parrandalar (tirik vaznda) ishlab chiqarishning o‘sishi kuzatilmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 8 avg — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqida (YeOII) go‘sht ishlab chiqarish ko‘paydi, deb xabar berdi Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) matbuot xizmati.
YeIK Statistika departamenti joriy yilning yanvar-iyun oylarida go‘sht ishlab chiqarish ko‘rsatgichlarini e’lon qildi.
Ittifoqning barcha mamlakatlarida o‘sish qayd etildi, so‘yish uchun chorvachilik va parranda go‘shti (tirik vaznda) ishlab chiqarish YeOII bo‘yicha 3,1 foizga oshdi.
Olti oyda eng ko‘p go‘sht Rossiyada ishlab chiqarilgan - 7,8 million tonna, eng kami Armanistonda - 38 ming tonna. Belarus va Qozog‘istonda go‘sht ishlab chiqarish taxminan bir xil darajada: 878,3 va 897,8 ming tonna. Qirg‘izistonda olti oy davomida 195,5 ming tonna ishlab chiqarilgan.
O‘zbekiston va YeOII
YeOII mamlakatlarining qishloq xo‘jaligi sohasida o‘sish kuzatildi