Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Zelenskiy nega ukrainaliklarni Kurskdagi "go‘sht qiymalagichga" yubordi — Rossiya TIV javobi

Mariya Zaxarova: Zelenskiy safarbarlikni uzaytirish uchun ukrainaliklarni Kursk viloyatiga yubordi.
Sputnik
TOShKENT, 7 avg — Sputnik. Vladimir Zelenskiy ukrainaliklarni mamlakatdagi safarbarlikni yana 3 oyga “jimgina” uzaytirish uchun Kurskdagi “go‘sht qiymalagich”ga yubordi. Bu haqda Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.
Zelenskiy mojaroning tugashi haqida kutilmagan bayonot berdi

“Zelenskiy Ukraina fuqarolarini halokatli Ukraina safarbarligini yana 3 oyga jimgina uzaytirish uchun Kurskdagi go‘sht qiymalagichga yubordi. Bugun u tegishli qonunni imzoladi”, — deb yozadi Zaxarova.

Seshanba kuni ertalab Ukraina qurolli kuchlari Kursk viloyati hududiga bostirib kirishga urindi. Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lum qilishicha, Ukraina qo‘shinlari 300 nafargacha shaxsiy tarkibga ega, 11 ta tank va 20 dan ortiq zirhli texnika yordamida Nikolayevo-Darino va Oleshnya aholi punktlari hududlarida Rossiya davlat chegarasi pozitsiyalariga hujum qildi.
Kursk viloyati gubernatori vazifasini bajaruvchi Aleksey Smirnovning so‘zlariga ko‘ra, chegarachilar va Rossiya Qurolli kuchlari chegarada Ukraina qurolli kuchlarining 16 ta texnikasini yo‘q qilgan.
Rossiya Mudofaa vazirligi xabariga ko‘ra, Rossiya Qurolli kuchlari bo‘linmalari Rossiya FXX chegara organlari bilan birgalikda Kursk viloyatining Rossiya-Ukraina chegarasiga tutash hududlarida Ukraina Qurolli kuchlarining qurolli tuzilmalarini yo‘q qilishni davom ettirmoqda.
Aniqlik kiritilishicha, Ukraina armiyasining yo‘qotishlari 260 nafar jangchi va 50 ta zirhli texnika, jumladan, yettita tank, sakkizta bronetransportor va uchta piyoda jangovar texnikani tashkil qilgan.
Ukrainada "odamlar" tugab bormoqda
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Ukraina ikki oy ichida 115 ming nafardan ortiq askarini yo‘qotdi — Shoygu