Toshkentda Xalqaro teatr festivali bo‘lib o‘tadi — namoyish etiladigan spektakllar ro‘yxati

Festivalning ochilishi 4-oktabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Sputnik
TOShKENT, 7 avg — Sputnik. Toshkentda Xalqaro teatr festivali bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi xabar berdi.
Shu yilning kuzida poytaxt yana bir bor O‘zbekiston teatrlarining mashhur sayyor sahna asarlari va ajoyib spektakllarini birlashtirgan Xalqaro teatr festivalini qarshi oladi.
Festivalning ochilishi 4-oktabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Namoyish etiladigan asarlar:
O‘zbekiston milliy akademik drama teatri: 4-oktabr kuni rejissor Aleksandr Marin tomonidan sahnalashtirilgan “Eynshteyn va Margarita” spektakli namoyish etiladi. Kseniya Rappoport va Aleksey Serebrakov muhabbat va atom bombasi haqidagi qissani taqdim etishadi.
Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatri: 7-oktabr kuni sahnada rejissor Sergey Sotnikovning Darya Moroz, Yevgeniy Siganov hamda bastakor va dirijor Potr Dranga ishtirokida “Meni sevishingni ayt” spektakl-konserti bo‘lib o‘tadi.
Rossiya akademik yoshlar teatri: 9-oktabr kuni Florian Zeller pyesasi asosidagi Yuriy Butusov rahbarligidagi “O‘g‘il” spektakli tomoshabinlar e’tiboriga havola etiladi.
Shuningdek, festival dasturidan Toshkent teatrlarining “Afandining besh xotini”, Abdulla Qodiriy hikoyalari asosidagi “Adibni tinglang” va Hamza pyesasi asosida sahnalashtirilgan “Masxarabozlar ishi” spektakllari o‘rin olgan.