Parij-2024: amerikalik raqibini mag‘lub etgan Mo‘ydinxo‘jayev finalga yo‘llanma oldi

O‘zbekistonlik bokschilarning Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlaridagi muvaffaqiyatli yurishi davom etadi.
Sputnik
TOShKENT, 7 avg — Sputnik. Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlarida amerikalik raqibini mag‘lub etgan Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev finalga yo‘llanma oldi, deya xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi.
O‘zbekistonlik bokschilarning Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlaridagi muvaffaqiyatli yurishi davom etadi.
Asadxudja Muydinxudjayev obespechil sebe vixod v reshayushuyu chast OI
Jahon chempioni Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev o‘z nomini finalchilar qatoriga qo‘shib qo‘ydi. -71 kg vazn toifasining yarim finalida ringga ko‘tarilgan bokschi amerikalik Omar Jonsni mag‘lub etib, 9-avgust kuni chempionlik uchun ringga ko‘tariladigan bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, 7-avgust kuni yarim final baxslarida Bahodir Jalolov germaniyalik Nelvi Raman Tiafakka, 8-avgust kuni Abdumalik Xalokov avstraliyalik Charli Senorga qarshi ringga ko‘tariladi.
Shuningdek, 8-avgust kuni Hasanboy Do‘smatov fransiyalik Billal Bennamaga, 9-avgust kuni Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev meksikalik Marko Alonsoga, Lazizbek Mullojonov ozarbayjonlik Alfonso Domingesga qarshi finalda bahs olib boradi.