TOShKENT, 6 avg — Sputnik. Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlarida yunon-rum kurashi bo‘yicha Aram Vardanyan va Rustam Assakalov chorak finalda bahs olib bordi, deya ma’lum qildi Milliy olimpiya qo‘mitasi.
Bugungi kun doirasida yunon-rum kurashi bo‘yicha -77 kg vaznda Aram Vardanyan chorak finalda yaponiyalik Nao Kusakaga qarshi o‘tkazdi.
Aram Vardanyan uspeshno startoval na OI Parij-2024
© NOK
“Afsuski, sportchimiz Aram Vardanyan mag‘lubiyatga uchradi. Endi uning raqibi finalgacha yetib borgan taqdirda hamurtimiz bronza medali uchun kurashish imkonini saqlab qoladi”, — deyiladi xabarda.
Shuningdek, yunon-rum kurashi bo‘yicha Rustam Assakalov -97 kg vazn toifasida Armaniston vakili Artur Aleksanyanga qarshi gilamga chiqdi. Afsuski, Assakalov mag‘lubiyatga uchradi.
Fotogalereya s pobedonosnix vistupleniy nashix borsov Arama Vardanyana i Rustama Assakalova
© NOK
“Endi Aleksanyan finalgacha yetib borgan taqdirda Assakalov shohsupaga ko‘tarilish imkoniyatini saqlab qoladi”, — deyiladi xabarda
Shuningdek, kecha "Klassik" kurashchi Islom Bahromov (-60 kg) Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlaridagi chorak final bellashuvida gilamga chiqdi. KXDR vakili bilan bahs olib borgan Bahromov mag‘lubiyatga uchradi.