O‘zbekiston va YeOII

Tez orada Eron va YeOII o‘rtasida erkin savdo shartnomasi ishga tushadi

Eron va YeOII erkin savdo kelishuvi haqida xabar berilgandan so‘ng, tarif kodining 87% dan ortig‘i nol darajaga tushiriladi.
Sputnik
TOShKENT, 6 avg — Sputnik. Tez orada Eron va Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) o‘rtasida erkin savdo shartnomasi ishga tushadi. Bu haqda Respublika Savdoni rivojlantirish tashkiloti rahbari o‘rinbosari Muhammad Sadek Kannadzoda ma’lum qildi, deb yozmoqda Sputnik Tojikiston.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Eron parlamentida jarayon yakunlanmoqda va hujjat tez orada parlament tomonidan taqdim etiladi.
Qayd etilishicha, Eron va ittifoqqa a’zo davlatlar o‘rtasidagi Erkin savdo bitimi ma’lum qilinganidan keyin ikki tomon o‘rtasidagi tarif kodining 87 foizdan ortig‘i nolga tushiriladi.
Shuningdek, u kun tartibidan qo‘shni Pokiston bilan Erkin savdo shartnomasini boshlash va O‘mon bilan imtiyozli savdo bitimini yo‘lga qo‘yishni ta’kidladi.
O‘zbekiston va YeOII
Nima uchun YeOII muvaffaqiyatli loyihaga aylandi — ekspert javobi