Xirosimaga atom bombasini kim tashlagan — Guterresh va Kisida fojia sababchilarini aytmadi

Yaponiya Bosh vaziri Xirosimaga atom bombasini aynan kim tashlaganini aytmadi, BMT Bosh kotibi esa AQSh haqida gapirmasdan, Xirosima saboqlarini unutmaslikka chaqirdi.
Sputnik
TOShKENT, 6 avg — Sputnik. Yaponiya bosh vaziri Fumio Kisida Xirosimadagi atom bombasi qurbonlarini yodga olish marosimida nutq so‘zlab, shaharga AQSh atom bombasini tashlaganini aytmadi, deb yozmoqda RIA Novosti.
“79 yil muqaddam shu kuni atom bombasi tufayli yuz mingdan ortiq odam halok bo‘lgan. Shahar kulga aylandi, odamlarning orzulari va baxtli kelajagi olib qo‘yildi. Omon qolganlar esa ta’riflab bo‘lmaydigan qiyinchiliklarga duch kelishdi. Bosh vazir sifatida men halok bo‘lganlar uchun qayg‘uraman va hamon oqibatidan azob chekayotganlarga hamdardlik bildiraman. 79-yil oldin Xirosima va Nagasaki boshidan kechirgan dahshat va azob-uqubatlar takrorlanmasligi kerak”, – dedi Kisida, AQSh Xirosima va Nagasakiga atom bombalarini tashlaganini tilga olmay.
Shu bilan birga, u “Yaponiyaning vazifasi atom qurolidan zarar ko‘rgan yagona davlat sifatida “yadro qurolisiz dunyo”ga erishish uchun sa’y-harakatlarni amalga oshirishdan iboratligini ta’kidladi.
Kisida portlash haqida gapirganda AQShni tilga olmasa-da, Rossiya yadro quroli bilan tahdid qilayotganini aytib, Rossiya haqida gapirdi.
Shuningdek, BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish X ijtimoiy tarmog‘ini fojiadan olingan tarix saboqlarini unutmaslikka chaqirdi, lekin o‘sha tarixiy voqealarning aybdori – AQShni tilga olmadi.

“79 yil oldin yadroviy qurol Xirosimani vayron qilgan edi. Ammo yadro quroli va ulardan foydalanish tahdidi faqat tarix kitoblari bilan cheklanmaydi”, — deb yozadi BMT bosh kotibi.

Uning qayd etishicha, bunday qurollar haqiqiy xavf tug‘diradi.
"Biz 1945-yil 6-avgustdagi saboqlarni unutmasligimiz kerak", – deb qo‘shimcha qildi Guterrish.
Ma’lumot uchun, Xirosima kuni – 6-avgustda butun dunyoda har yili yadro qurolini taqiqlashga qaratilgan kuni o‘tkaziladi. Shu kuni 1945-yilda Amerika aviatsiyasi Yaponiyaning Xirosima shahrini atom bombasi bilan bombardimon qilgan.
Yerdagi jahannam: AQShning Yaponiya shaharlariga atom bombasini tashlashi