Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Zelenskiy Rossiya bilan mojaro haqida kutilmagan bayonot berdi

Zelenskiy: G‘arb Moskvaning munosabati tufayli Rossiya raketalarini urib tushirishdan qo‘rqadi.
Sputnik
TOShKENT, 5 avg — Sputnik. Vladimir Zelenskiy Ukrainaga qo‘shni davlatlar Moskvaning ehtimoliy reaksiyasi tufayli Rossiya raketalarini urib tushirishdan qo‘rqishini aytdi. Bu haqda RIA Novosti "Strana.ua" nashriga tayanib xabar berdi.
“U (Zelenskiy – tahr.) hamkorlar “keraksiz keskinlashuvdan qo‘rqishlarini” aytmoqda, biroq Kiyev bu mavzuni ko‘tarish niyatida”, — deyiladi nashrda.
Zelenskiyning qo‘shimcha qilishicha, mamlakatlar koalitsiyasi zarur, chunki bu bir davlat uchun juda katta mas’uliyat. Uning qayd etishicha, Ukraina qo‘shni davlatlar bilan Ukraina hududi uzra Rossiya raketalarini urib tushirish imkoniyatini muhokama qiladi.
Shu bilan birga, nashrning eslatishicha, NATOning yetakchi davlatlari (AQSh, Germaniya va Buyuk Britaniya) rahbarlari, shuningdek, alyans bosh kotibi NATO davlatlari mojaro ishtirokchisiga aylanmaslik uchun Rossiya raketalarini urib tushirmasligini ma’lum qilgan.
Rossiyaning fikricha, Ukrainaga qurol yetkazib berish kelishuvga xalaqit beradi, NATO davlatlarini mojaroga bevosita jalb qiladi va bu “olov bilan o‘ynashish” hisoblanadi. Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning qayd etishicha, Ukraina uchun qurol bo‘lgan har qanday yuk Moskva uchun qonuniy nishonga aylanadi.
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Zelenskiy og‘ir vaziyat tufayli Rossiya bilan muzokaralar olib borishga ishora qildi — OAV