O‘zbekiston Moskva xalqaro kinofestivalida qaysi film bilan ishtirok etishi ma’lum bo‘ldi

Festivalda Butunrossiya davlat kinematografiya instituti Toshkent filiali talabasining filmi namoyish etiladi.
Sputnik
TOShKENT, 5 avg — Sputnik. O‘zbekiston Moskva xalqaro kinofestivalida “Kimono” qisqa metrajli filmi bilan ishtirok etadi. Bu haqda O‘zbekiston Kinematografiya agentligi xabar berdi.
Moskvada 15-25 avgust kunlari “Budem jit” XIII Moskva xalqaro kinofestivali bo‘lib o‘tadi. Festivalga 15 tadavlatdan 400 tadan ortiq film yuborilgan. O‘zbekistondan Butunrossiya davlat kinematografiya instituti (BDKI) Toshkent filiali talabasi ishtirok etadi.

“Dramaturgiya fakulteti talabasi Sanjar Murodshayxovning “Kimono” qisqa metrajli filmi “Budem jit” XIII Moskva xalqaro kinofestivalida ishtirok etadi”, — deb yozadi agentlik matbuot xizmati.

Festival prezidenti, Rossiya xalq artisti Yevgeniy Gerasimovning jurnalistlarga ma’lum qilishicha, badiiy filmlar dasturiga sakkizta to‘liq metrajli, 22 ta qisqa metrajli badiiy va 10 ta hujjatli filmlar kiradi. Filmlar Rossiya, Belarus, Eron, Qirg‘iziston, O‘zbekiston tomonidan taqdim etiladi.
O‘zbekiston kino san’ati muzeyi, “Tirik tarix” loyihasi: Mirziyoyev Kinochilar saroyiga bordi