TOShKENT, 5 avg — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev qisqa muddatli mehnat ta’tilidan qaytdi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot kotibi Sherzod Asadov.
Joriy haftada prezident huzurida ijtimoiy-iqtisodiy kun tartibidagi muhim masalalar yuzasidan yig‘ilishlar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.
“Hafta davomida Prezidentimiz davlat tashrifi bilan Qozog‘iston Respublikasida bo‘lishi, Ostona shahrida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi Maslahat uchrashuvida hamda "Markaziy Osiyo + Yaponiya" formatidagi sammitda ishtirok etishi rejalashtirilgan”, — deb yozadi Asadov.
Hafta yakunida Yaponiya bosh vaziri Fumio Kisida rasmiy tashrif bilan respublikaga kelishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev 26-iyuldan qisqa muddatli mehnat ta’tiliga chiqqan edi.