TOShKENT, 3-avgust — Sputnik. Kecha tunda havo hujumidan mudofaa tizimlari Rossiya hududi uzra 75 ta Ukraina dronini urib tushirdi, deb xabar berdi Rossiya Mudofaa vazirligi.
“Navbatchi havo hujumidan mudofaa tizimlari Rostov ustidan 36 ta, Kursk ustidan 8 ta, Belgorod ustidan 9 ta, Orlov ustidan 17 ta, Razan viloyati ustidan 2 ta, Voronej viloyati, Azov dengizi va Krasnodar o‘lkasi ustidan bittadan samolyot tipidagi dronlarni tutib oldi va yo‘q qildi”, - deyiladi xabarda.
Rostov gubernatori Vasiliy Golubevning so‘zlariga ko‘ra, yirik dron hujumi tufayli Kamenskiy va Morozovskiy tumanlaridagi omborxona obyektlari zarar ko‘rgan, qurbonlar va jarohatlanganlar yo‘q.
Gubernator Vacheslav Gladkovga ko‘ra, Belgorod viloyatida dronlar Gubkinskiy shahar okrugi hududidagi neft omboriga hujum qilgan. Portlash tufayli rezervuarlardan biri yonib ketgan, yong‘in tezlik bilan o‘chirilgan. Bu yerda ham qurbonlar yo‘q.
Orlov yaqinidagi Bolxovskiy mikrorayonida ham dron hujumi oqibatida hech kim jabrlanmagan. Viloyat rahbari Andrey Klichkovga ko‘ra, ikkita qurilma turar-joy binosiga kelib urilgan.