TOShKENT, 2 avg — Sputnik. Sputnik O‘zbekiston matbuot markazida 5-avgust kuni Toshkent vaqti bilan soat 11:00 da “Qozog‘iston va O‘zbekiston – qo‘shnilar, do‘stlar va raqobatchilar: munosabatlar qanday mustahkamlanadi” mavzusida videoko‘prik bo‘lib o‘tadi.
Ostonadagi ishtirokchilar:
“Yevroosiyo monitoringi” tahliliy tadqiqotlar markazi direktori Alibek Tajibev;
Jahon iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar instituti direktori Akimjan Arupov.
Toshkentda:
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Davlat va huquq instituti katta ilmiy xodimi Ravshan Nazarov.
Ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik qaysi yo‘nalishlarda rivojlanadi? Nima uchun qozoq-o‘zbek tandemi hayotiy zarurat? Videoko‘prikda shu va boshqa masalalar muhokama qilinadi.
7 avgust kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Ostonaga davlat tashrifi rejalashtirilgan. Uning Qozog‘iston-O‘zbekiston biznes-forumida ishtirok etishi kutilmoqda.