Rossiyalik mutaxassislar O‘zbekistonda akusher-ginekologlar uchun treninglar o‘tkazmoqda

Tadbir ikki mamlakatning yirik tibbiyot tashkilotlarining hamkorligida tashkil etilgan.
Sputnik
TOShKENT, 2-avgust — Sputnik. O‘zbekistonlik mutaxassislar Rossiyaning “Akademik V.I. Kulakov nomidagi Akusherlik, ginekologiya va perinatal milliy tibbiyot tadqiqot markazi” ekspertlari ishtirokida onalar va bolalar o‘limini kamaytirishga yo‘naltirilgan zamonaviy texnologiyalarni o‘rganmoqda. Bu haqda Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi xabar berdi.
Tadbir ikki mamlakatning yirik tibbiyot tashkilotlarining hamkorligida tashkil etilgan.
Trening tibbiy stimulyatorlarni qo‘llagan holda olib borilyapti. 30 kishidan iborat ishtirokchilar tarkibini akusher-ginekologlar, neonatologlar, shuningdek, tibbiy muassasalar rahbarlaridan iborat 3 ta guruh tashkil etadi.
Rossiyskie spetsialisti provodat v Uzbekistane treningi dlya akusherov-ginekologov
Markaz direktori (O‘zbekiston) Natalya Nadirxanovaga ko‘ra, bunday to‘g‘ridan-to‘g‘ri almashinuv juda muhim. Bu olingan bilim va ko‘nikmalarni mamlakat hududlaridagi ko‘p sonli mutaxassislarga bera oladigan trenerlarni tayyorlash imkonini beradi.
V.I. Kulakov nomidagi Markazning tibbiyotda ta’lim simulyatsion texnologiyalari bo‘limi boshlig‘i, tibbiyot fanlari doktori Yelizaveta Xamatxanovaga ko‘ra, bu kabi xalqaro treninglarning loyihasi 2011-yilda 10 ta mamlakat bilan hamkorlik qilishdan boshlangan. Loyiha bugungi kunda 44 ta mamlakatga tarqalgan.
Rossiyskie spetsialisti provodat v Uzbekistane treningi dlya akusherov-ginekologov
“Bu ishda biz asosiy e’tiborni Rossiyani umumiy o‘tmish bog‘laydigan MDH mamlakatlariga, xususan, O‘zbekistonga qaratamiz. Bu mamlakatlar hamisha ustuvorlikka ega bo‘ladilar, ular uchun Moskvada o‘qishga ko‘p kvotalar ajratiladi. Joylarga chiqishda ham biz treninglarga imkon qadar ko‘proq ishtirokchilarni jalb etishni rejalashtiramiz”, - deya ta’kidladi Xamatxanova.
Trening 29-iyulda boshlangan va bugun yakunlanadi.