TOShKENT, 2-avgust — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQSh va G‘arb davlatlari bilan tarixiy almashinuv natijasida vataniga qaytgan fuqarolarni shaxsan o‘zi kutib oldi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.
Rossiyaga 8 kishi qaytdi: Vadim Sokolov (Krasikov), Vladislav Klyushin, Artem va Anna Dulsevlar, Pavel Rubsov, Vadim Konoshchenok, Mixail Mikushin, Roman Seleznev (shuningdek farzandlari).
Shuningdek, Vladimir Kara-Murza*, Ilya Yashin*, Oleg Orlov* , Evan Gershkovich, Pol Uilan, Kevin Lik, Demuri Voronin, Alsu Kurmasheva, Liliya Chanisheva, Vadim Ostanin, Kseniya Fadeyeva, Aleksandra Skochilenko, Andrey Pivovarov, Rossiya tomonidan qaytarildi. FXX ma’lumotlariga ko‘ra, ular xorijiy davlatlar manfaatlarini ko‘zlab, Rossiyaning zarariga ishlagan.
Ayirboshlash Anqarada bo‘lib o‘tdi, Rossiya tomoni bundan to‘liq mamnun.
Ayirboshlashni amalga oshirish uchun Putin ularni afv etish to‘g‘risidagi farmonlarni imzoladi.
Putin harbiy xizmatga jalb etilganlarga qasamod va burchga sodiqliklari uchun minnatdorlik bildirib, ularni davlat mukofotlariga ko‘rsatishni ma’lum qildi.
*Xorijiy agent sifatida tan olinganlar shaxslar