TOShKENT, 2-avgust — Sputnik. O‘zbekiston delegatsiyasi Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlarida ikkinchi medaliga sazovor bo‘ldi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
Muzaffarbek Turaboyev - prizor letnix OI Parij-2024!
© NOK
Muzaffarbek Turaboyev - prizor letnix OI Parij-2024!
© NOK
Dzudochi Muzaffarbek To‘raboyev -100 kg vazn toifasida bronza medalini qo‘lga kiritdi. Sportchi uchinchi o‘rin uchun kechgan bahsda ispaniyalik Nikoloz Sherazadishvilini mag‘lubiyatga uchratdi.
Muzaffarbek Turaboyev - prizor letnix OI Parij-2024!
© NOK
Muzaffarbek Turaboyev - prizor letnix OI Parij-2024!
© NOK
Shu tariqa, O‘zbekiston delegatsiyasi jamg‘argan medallar hozircha 1 ta oltin va 1 ta bronzaga yetdi.
Shuningdek, boks bo‘yicha jahon chempionati sovrindori Lazizbek Mullojonov (-92 kg) Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlari shohsupasidan o‘zi uchun joy kafolatladi. Chorak finalda 2021-yilgi jahon chempionatining finalchisi, braziliyalik Keno Machadoga qarshi bahs olib borgan Mullojonov chiroyli g‘alabaga erishdi va yarim finalga yo‘l oldi.
Lazizbek Mullojonov obespechil sebe medal Parij-2024!
© NOK
Lazizbek Mullojonov obespechil sebe medal Parij-2024!
© NOK
Bugundan Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlari doirasida o‘zbekistonlik yengil atletikachilar bahslarga kirishadi. Kun davomida 4 sport turida 9 nafar atlet ishtirok etadi.
S segodnyashnego dnya legkoatleti delegatsii Uzbekistana pristupat k sorevnovaniyam v ramkax letnix Olimpiyskix igr Parij-2024
© NOK