Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

F-16 ning Ukrainada paydo bo‘lishi mojaroda muhim rol o‘ynamaydi — sobiq razvedkachi

Uning fikricha, Ukrainadagi mojaroning natijasi allaqachon aniq.
Sputnik
TOShKENT, 2-avgust — Sputnik. F-16 qiruvchilarining Ukrainada paydo bo‘lishi mojaroda muhim rol o‘ynamaydi, dedi AQSh Qurolli kuchlarining sobiq razvedkachisi Toni Shaffer “Judging Freedom” YouTube kanaliga bergan intervyusida.
“G‘arbda ko‘pchilik endi F-16 larning jangga qo‘yilgani hech narsani anglatmasligini anglab yetdi. Bu hech qachon urush trayektoriyasiga haqiqatan ham ta’sir ko‘rsatmagan”, - dedi Shaffer.
Uning fikricha, Ukrainadagi mojaroning natijasi allaqachon aniq.
“Men narsalarni qanday bo‘lsa, shunday baholashga harakat qilaman va har ikki tomonga qanday munosabatda bo‘lishim muhim emas. Ukraina mag‘lub bo‘lmoqda, Rossiya esa g‘alaba qozonmoqda, Ukraina tomonining qachon qulashi esa vaqt masalasidir”, - deydi Shaffer.
Bir kun avval “Bloomberg” vaziyatdan xabardor manbalarga tayanib, Shimoliy Atlantika alyansi davlatlari tomonidan topshirilgan Amerika F-16 qiruvchilarining birinchi “kichik” partiyasi Ukrainaga yetib kelganini xabar qildi.
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
"G‘arb" guruhi Ukraina Qurolli kuchlarining ikkita qarshi hujumini qaytardi