Eronlik investor Qashqadaryoda yangi loyihalarni boshlamoqchi

Investor Mohammadjavad Heydarpour Dehqonobod tumanida bo‘lib, tuman hokimi bilan uchrashdi va bu yerda pistachilik hamda kovrakchilik plantatsiyalari yaratish niyatida ekanligini ma’lum qildi.
Sputnik
TOShKENT, 2-avgust — Sputnik. Eronlik investor Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumanida yangi loyihalarni boshlash maqsadida o‘rganish ishlarini olib bordi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Investor Muhammadjavad Haydarpour Dehqonobod tumanida bo‘lib, tuman hokimi bilan uchrashdi va bu yerda pistachilik hamda kovrakchilik plantatsiyalari yaratish niyatida ekanligini ma’lum qildi. Investorni qabul qilgan mas’ullar uni tumanning ushbu sohadagi imkoniyatlari bilan tanishtirdi.

Mas’ullar va investor tumandagi tadbirkor Vahob Norsafarov tomonidan tashkil etilgan pista va kovrak plantatsiyasida bo‘lib, hududda tashkil etilgan loyihani ko‘zdan kechirdi.
Iranskiy investor zapuskayet novie proyekti v Kashkadarye
Shuningdek, eronlik sarmoyador “Dehqonobod kaliy zavodi” AJda ham bo‘lib, zavodda ishlab chiqarilayotgan kaliy xlorid mineral o‘g‘itini qayta ishlagan holda kaliy sulfat va kaliy nitrat ishlab chiqarish loyihasi bilan tanishdi hamda zavod mas’ullari bilan muzokaralar olib bordi.
Investor tumanning “Bozortepa” mahallasidagi pistachilik va kovrakchilik plantatsiyasi yaratishga mo‘ljallangan 500 gektar bo‘sh yer maydoni bilan tanishdi. U hududda loyihani amalga oshirish uchun barcha sharoitlar mavjud ekanligini, kompaniyasining mutaxassislari kelib maydondagi tuproq va suv namunalarini laboratoriya tekshiruvlaridan o‘tkazishini, barcha tekshiruvlar ijobiy chiqqach boshlanishiga 500 gektar yer maydonining 30 foiziga loyiha asosida ish boshlash niyatida ekanligini ta’kidladi.
Eronlik sarmoyador tuman hokimi Sherzod Shokirov tomonidan munosib kuzatildi.
Iranskiy investor zapuskayet novie proyekti v Kashkadarye