O‘zbekiston va YeOII

YeOII va Kuba iste’molchilar xavfsizligi masalalarini muhokama qildi

Tomonlar kelgusidagi hamkorlik rejalarini belgilab oldilar.
Sputnik
TOShKENT, 2-avgust — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) va Kuba iste’molchilar xavfsizligi masalalarini muhokama qildi, deb xabar qilmoqda Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) matbuot xizmati.
YeIKning Sanitariya, fitosanitariya va veterinariya choralari departamenti direktori Natalya Jukovaning so‘zlariga ko‘ra, seminar iste’molchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda iqtisodiy aloqalarni yo‘lga qo‘yish sohasida yangi imkoniyatlar ochdi.
Shuningdek, u mavzuning YeOII mamlakatlari uchun muhimligini ta’kidlab, ushbu yo‘nalishda xalqaro muloqotni rivojlantirish Yevroosiyo integratsiyasi asoslarini mustahkamlashi va o‘zaro manfaatli hamkorlikka yordam berishini ta’kidladi.
YeAES i Kuba obsudili voprosi bezopasnosti potrebiteley
Ishtirokchilar, jumladan, davlat idoralari, turli vazirliklar, shuningdek, Kubaning Rossiyadagi elchixonasi vakillari iste’molchilar huquq va manfaatlarini himoya qilish vositalariga hamda Ittifoq davlatlari va Kuba fuqarolariga tegishli muammolarga e’tibor qaratdilar.
“Komissiya YeOII davlatlarining iste’molchilar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha birgalikdagi faoliyati natijalarini taqdim etdi. Kuba delegatsiyasi milliy iste’mol bozorini tartibga solish mexanizmlari haqida ma’lumot berdi”, - deyiladi xabarda.
YeOII mamlakatlari va Kuba o‘rtasidagi samarali savdo-iqtisodiy hamkorlikning kaliti bo‘lgan tovarlar va xizmatlar xavfsizligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratildi.
Bundan tashqari, tomonlar kelgusidagi hamkorlik rejalarini belgilab oldilar va muhokama qilish uchun yangi mavzular, jumladan, turizm, tibbiyot va ta’lim sohalarida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish masalalarini belgilab oldilar.
O‘zbekiston va YeOII
Nima uchun YeOII muvaffaqiyatli loyihaga aylandi — ekspert javobi