TOShKENT, 2-avgust — Sputnik. AQSh prezidenti Jo Baydenning aytishicha, HAMAS siyosiy burosi rahbari Ismoil Haniyaning o‘ldirilishi G‘azo sektorida sulh bitimiga erishish harakatlariga hissa qo‘shmadi.
“Bu yordam bermadi”, - dedi u.
HAMAS siyosiy burosi rahbari chorshanbaga o‘tar kechasi Eronning yangi prezidenti inauguratsiyasida ishtirok etish uchun kelgan Tehrondagi qarorgohiga uyushtirilgan hujum oqibatida halok bo‘ldi.
HAMAS qotillikda Isroil va AQShni aybladi. SAXAL Haniyaning yo‘q qilinishi haqidagi xabarlarga izoh berishdan bosh tortdi.
Kreml HAMAS siyosiy burosi rahbarining o‘limiga sabab bo‘lgan hujumni keskin qoraladi. Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mixail Bogdanov ushbu hujumni mintaqada vaziyat yanada kuchayishiga tahdid soladigan mutlaqo qabul qilib bo‘lmaydigan siyosiy qotillik deb atadi.