Xarris Isroilning Bayrutga hujumini qo‘llab-quvvatlaydi

AQSh vitse-prezidenti Xarris: Isroil o‘zini “Hizbulloh”dan himoya qilish huquqiga ega.
Sputnik
TOShKENT, 31-iyul — Sputnik. AQSh vitse-prezidenti Kamala Xarris Bayrut hujumi munosabati bilan Isroil o‘zini “Hizbulloh”dan himoya qilish huquqiga ega ekanligini aytdi, deb yozmoqda RIA Novosti.
"Isroil o‘zini himoya qilish huquqiga ega va men Isroilning xavfsiz qolish va xavfsizligini himoya qilish huquqini so‘zsiz qo‘llab-quvvatlayman. Xususan, u terror tashkilotlaridan o‘zini himoya qilish huquqiga ega, bu “Hizbulloh” ekanligini bilamiz”, — dedi Xarris jurnalistlarga.
Xarris "bu hujumlarni tugatishga olib keladigan diplomatik yechim yo‘lida harakat qilish kerakligini" ta’kidladi.
Seshanba kuni Bayrutning janubiy chekkasida Isroil havo hujumi uyushtirildi. Isroil mudofaa kuchlari Livan poytaxtiga hujum “Hizbulloh”ning yuqori martabali qo‘mondonini yo‘q qilish maqsadida amalga oshirilganini tasdiqladi.
Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Isroilning Livanga bergan zarbalarini xalqaro huquqning buzilishi deb atadi.