TOShKENT, 31-iyul — Sputnik. Rossiya davlat gumanitar universitetining “Yozgi institut” loyihasi doirasida xorijiy olimlarning ikki haftalik treningi o‘tkazilmoqda, deya xabar berdi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Unda O‘zbekiston, Armaniston, Abxaziya, Belarus, Vyetnam, Eron, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Xitoy va Tojikistondan yosh tarixchilar ishtirok etmoqda.
Molodie issledovateli iz Uzbekistana izuchayut v Rossii istoricheskuyu nauku
© RGGU
O‘zbekistondan Toshkent, Urganch va Samarqanddan olimlar ishtirok etib, loyihaning boshqa ishtirokchilari qatori Yevroosiyo makonidagi tarixiy jarayonlarni o‘rganmoqda.
"Yozgi institut dasturi ma’ruzalar, ekskursiyalar, mahorat darslariga boy. Ishonchim komilki, trening natijalariga ko‘ra biz jahon tarixiy jarayonlarini o‘rganamiz, shuningdek, qo‘shma tadqiqotlarni boshlaymiz”, — dedi Samarqand davlat universiteti qoshidagi Xalqaro ta’lim dasturlari markazi direktori Sardor Umarov.
Yozgi institut 22 davlatdan yosh o‘qituvchilar va tadqiqotchilarni birlashtirdi. Loyihaning maqsadi butun dunyo bo‘ylab yosh o‘qituvchilar va olimlar o‘rtasida ilmiy aloqani shakllantirishdir.