Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Ukraina Qurolli kuchlari 710 nafargacha harbiy xizmatchisini yo‘qotdi

Rossiya Mudofaa vazirligi: Ukraina Qurolli kuchlari "Janub" mas’uliyat hududida 710 nafargacha harbiy xizmatchi va bir tankni yo‘qotdi.
Sputnik
TOShKENT, 31-iyul — Sputnik. Rossiya qo‘shinlari "Janub" guruhining bo‘linmalari bir kun ichida taktik vaziyatni yaxshiladi, dushman 710 nafarga yaqin harbiy xizmatchisi va Germaniyaning "Leopard" tankini yo‘qotdi. Bu haqda RIA Novosti Rossiya Mudofaa vazirligiga tayanib xabar berdi.

"Janub" qo‘shinlari guruhi bo‘linmalari o‘zlarining taktik holatini yaxshilashdi, Donesk Xalq Respublikasining Chasov Yar, Verxnekamenskoe, Seversk va Katerinivka aholi punktlari hududlarida Ukraina Qurolli kuchlarining 24, 32, 54-mexanizatsiyalashgan va 79-havo hujumi brigadalarining ishchi kuchi va texnikasini yakson qildi”, — deyiladi xabarda.

Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi 24 soat ichida “Janub” kuchlari Ukraina Qurolli kuchlari hujum guruhining qarshi hujumini qaytargan.

"Dushman 710 askarini, Germaniyada ishlab chiqarilgan "Leopard" tanki, AQShda ishlab chiqarilgan M113 zirhli transport vositasi, AQShda ishlab chiqarilgan uchta 155 mm M777 gaubitsasi, ikkita avtomobil, Buyuk Britaniyada ishlab chiqarilgan 155 mm FH -70 gaubitsasi, Buyuk Britaniyada ishlab chiqarilgan ikkita 105 mm L-119 qurollari, 152 mm D-20 gaubitsasi, ikkita 122 mm D-30 gaubitsasi, ikkita "Anklav-N" elektron kurash stansiyasini yo‘qotdi”, — deb aniqlik kiritdi vazirlik.

Bundan tashqari, 24 soat ichida uchta o‘q-dorilar ombori yo‘q qilindi.