O‘zbekiston va YeOII

Nima uchun YeOII muvaffaqiyatli loyihaga aylandi — ekspert javobi

Espert: Birlashma tashkil etilganidan beri ko‘p narsalarni boshdan kechirdi — koronavirus pandemiyasi sinovidan tortib, Ukrainadagi mojaro tufayli sanksiyalar bosimigacha.
Sputnik
TOShKENT, 31-iyul — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) G‘arb sheriklarining keskin qarshiliklari sharoitida o‘zini tashkil qila olganining o‘zi ham loyihaning jozibadorligidan dalolat beradi. Bu haqda Siyosiy fanlar nomzodi, Rossiya Fanlar akademiyasining Ijtimoiy fanlar bo‘yicha ilmiy axborot institutining fanlararo tadqiqotlar markazi yetakchi ilmiy xodimi Maksim Vilisov Sputnik Qirg‘izistonga ma’lum qildi.
Vilisovning ta’kidlashicha, YeOII G‘arb sheriklarining keskin qarshiliklari sharoitida o‘zini tashkil qila olganining o‘zi ham loyihaning jozibadorligidan dalolat beradi.

“Birlashma tashkil etilganidan beri ko‘p narsalarni boshdan kechirdi — koronavirus pandemiyasi sinovidan tortib, Ukrainadagi mojaro tufayli sanksiyalar bosimigacha. Bu notinch davrlarning muvaffaqiyatli o‘tishi ittifoqda o‘zaro manfaatlar va to‘siqlarga qaramay ishlash imkonini beruvchi institutsional asos borligini ko‘rsatadi”, — dedi u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, 10-yil — YeOII uchun o‘ziga xos sinov, xulosalar chiqarish va yanada rivojlantirish davri.
O‘zbekiston YeOIIning ko‘plab loyihalari qatnashchisi – Pritchin
“Zamonaviy dunyoda muvaffaqiyatli rivojlanish uchun kamida 300 million kishilik bozor kerak. Bundan ko‘rinib turibdiki, YeOII nafaqat barqaror, balki jadal rivojlanayotgan tuzilmaga aylanishi uchun ham kengayishiga to‘g‘ri keladi. O‘ylaymanki, ittifoqni kengaytirish istiqbollarini integratsiya birlashmasida kuzatuvchi bo‘lgan davlatlar, shuningdek, chin dildan qiziqish bildirgan va erkin savdo bitimlarini imzolagan davlatlar – Eron, Kuba, Vyetnam ko‘rsatmoqda”, — dedi ekspert.
O‘zbekiston va YeOII
Biznesga YeOII bozorlariga kirishda qanday yordam berilmoqda — Aleksandr Isayevich javobi