O‘zbekiston Tatariston bilan elektropoyezd va metro vagonlari ishlab chiqarishi mumkin

Transport vaziri Tatariston sanoat va savdo vaziri bilan uchrashdi.
Sputnik
TOShKENT, 30-iyul — Sputnik. O‘zbekiston Tatariston bilan hamkorlikda elektropoyezdlar, yo‘lovchi va metro vagonlarini ishlab chiqarish masalasini muhokama qildi, deya xabar berdi Transport vazirligi matbuot xizmati.
Transport vaziri Ilhom Mahkamov Tatariston bosh vaziri o‘rinbosari, sanoat va savdo vaziri Oleg Korobchenko boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan uchrashdi.
“Uchrashuvda transport mashinasozligini rivojlantirish yo‘nalishida hamkorlikdagi loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama etildi. Xususan, o‘zaro hamkorlikda elektropoyezdlar, yo‘lovchi va metro vagonlarini ishlab chiqarish bo‘yicha quvvatlarni yaratish yuzasidan fikr almashildi”, — deyiladi xabarda.
Shuningdek, ishlab chiqarish jarayonlarini chuqur lokalizatsiya qilish bilan bog‘liq jihatlar ham ko‘rib chiqildi. Uchrashuv yakunida tomonlar istiqbolli loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha hamkorlikdagi ishlarni davom ettirishga kelishib oldi.
"Innoprom" faoliyati juda ijobiy baholanmoqda — Tatariston bosh vaziri o‘rinbosari