TOShKENT, 30-iyul — Sputnik. Ukraina harbiylari Rossiya kuchlarining hujum bo‘linmalarini qat’iy va motivatsiyalashgan deb atadi. Bu haqda "New York Times" gazetasi yozmoqda.
“Ular (Ukraina Qurolli kuchlari askarlari – tahr.) Rossiya hujum bo‘linmalarini qat’iy va motivatsiyalashgan kuch sifatida ta’rifladi”, — deb yozadi nashr.
Maqola muallifiga ko‘ra, Ukraina Qurolli kuchlari rossiyalik jangchilarga DXRning Urojaynoe qishlog‘ida taslim bo‘lganidan keyin shunday tavsif bergan.
Qayd etilishicha, iyul oyida Rossiya armiyasi tomonidan Urojaynoe qishlog‘i qo‘lga kiritilganidan so‘ng ukrainalik harbiy xizmatchilar "oktabr, noyabr va fevral oylarida Rossiyaning uchta keng ko‘lamli hujumi, shuningdek, mintaqada uch oylik shiddatli janglarning kuchayishini his qilganlarini” bildirishgan.