MDH G‘alabaning 80-yilligi munosabati bilan jahon hamjamiyatiga murojaat tayyorlamoqda

Rossiya tomoni Hamdo‘stlikdagi raisligi doirasida tarixni soxtalashtirishga urinishlarga qarshi turishni ishning asosiy yo‘nalishlaridan biri sifatida belgiladi.
Sputnik
TOShKENT, 30-iyul — Sputnik. Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) davlat rahbarlari Moskvadagi yig‘ilishda Ulug‘ Vatan urushidagi g‘alabaning 80-yilligi munosabati bilan xalqaro hamjamiyatga murojaat qiladi. Bu haqda Rossiya Federatsiyasining MDHdagi doimiy vakili Andrey Grozov Sputnik Belarusga ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyaning MDHga raisligi davridagi ishlarning asosiy yo‘nalishlaridan biri tarixni soxtalashtirish va natsizmni ulug‘lash harakatlariga qarshi turishdir.
"Hamkasblarimiz bilan birgalikda G‘alaba kuni arafasida tegishli bayonotni qabul qildik", — deb eslatdi rossiyalik diplomat.
Grozovning ta’kidlashicha, hozirda MDH Ijroiya qo‘mitasi “hujjat loyihasini - Hamdo‘stlik davlat rahbarlarining Ulug‘ Vatan urushidagi g‘alabaning 80-yilligi munosabati bilan MDH mamlakatlari xalqlari va jahon hamjamiyatiga murojaati”ni tayyorlamoqda”.
Ushbu murojaat Hamdo‘stlik mamlakatlari Davlat rahbarlari kengashiga tayyorlanmoqda.
Ma’lumot uchun, shu yilning 7-8 oktabr kunlari Rossiya poytaxtida MDH davlatlari tashqi ishlar vazirlari kengashi va davlat rahbarlarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.